“Times Square” maydonida Abdusattorovning surati paydo bo‘ldi (video)

Sport

image

17-24 dekabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Baku shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo‘yicha grossmeyster Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro turnirda zafar quchgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov o‘zbek shaxmatini butun dunyoga mashhur qilishda davom etmoqda.

Gap shundaki, Gashimov xotira turniri yakunlangach, Abdusattorovning surati AQSHdagi mashhur “Times Square” billboarlarida namoyish etilgan. Ayni vaqtda Abdusattorov Olmaota shahri mezbonlik qilayotgan JCH bahslarida ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov 2004 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U tezkor shaxmat bo‘yicha eng yosh jahon chempioni hisoblanadi. Shuningdek, Abdusattorov O‘zbekiston jamoasi bilan joriy yil Hindistonda o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida zafar quchgan.


Maqola muallifi

Teglar

Abdusattorov Nodirbek

Baholaganlar

386

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing