Abdusattorov “taxt”dan tushdi
Sport
−
29 dekabr 2022
8571Qozog‘istonning Olmaota shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo‘yicha Jahon chempionatining rapid yo‘nalishi bahslari yakunlandi.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha amaldagi jahon chempioni, o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov chempionatni Top-10da yakunladi. Rapidda chempionlik 13 imkoniyatdan 10 ochko jamg‘argan norvegiyalik Magnus Karlsenga nasib etdi. Abdusattorov esa 13 ta bahsda 8,5 ochko to‘pladi.
Rapid bo‘yicha jahon chempionati. Top-10
1. Magnus Karlsen (Norvegiya) – 10;
2. Vinsent Kaymer (Germaniya) – 9,5;
3. Fabiano Karuana (AQSH) – 9,5;
4. Daniil Dubov (Rossiya) – 9;
5. Arjun Erigaysi (Hindiston) – 9;
6. Vladimir Fedoseyev (Rossiya) – 9;
7. Vladislav Artemev (Rossiya) – 9;
8. Rixard Rapport (Ruminiya) – 9;
9. Nixal Sarin (Hindiston) – 8,5;
10. Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) – 8,5.
O‘zbekistonlik ayol shaxmatchilar orasida Umida Omonova eng yaxshi natijani qayd etdi. Omonova umumiy 6,5 ochko jamg‘arib JCHni 30-o‘rinda yakunladi.
LiveBarchasi