Abdusattorov va Sindorov nufuzli musobaqada qatnashadi

Sport

image

Joriy yilning 13–29 yanvar kunlari Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat bo‘yicha 85-nufuzli “Tata Steel 2023” turniri bo‘lib o‘tadi. Xalqaro turnirda o‘zbekistonlik shaxmat ustalari ham ishtirok etadi.

Musobaqa chellenjer va master guruhlariga bo‘lingan holda o‘tkaziladi. Birinchi guruhda 14 nafar shaxmatchi orasida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov ishtirok etsa, ikkinchi guruhda Magnus Karlsen, Anish Giri, Fabiano Karuana, Uesli So va boshqa ko‘plab shaxmatchilar qatorida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov mamlakat sharafini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, turnir davomiyligi 14 ta turni tashkil etadi. 

Avvalroq, Abdusattorov va Sindorov Qozog‘istonning Olmaota shahrida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishida Jahon chemionati bahslarida ishtirok etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdusattorov Sindorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing