Abdusattorov mundialda peshqadamlar safida bormoqda
Sport
−
28 dekabr 2022
8670Shu kunlarda Qozog‘istonning Olmaota shahrida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlarida Jahon chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.
Musobaqa bosh sovrini uchun asosiy da’vogarldan biri hisoblangan rapid yo‘nalishida amaldagi jahon chempioni, o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov o‘tkazilgan 9 partiyada 7 ochko jamg‘arib, 178 shaxmatchi orasida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 3-o‘rinni egallab turibdi. 1-o‘rinni esa jahon tojdori, ortda qolgan turlardan so‘ng 7,5 ochko jamg‘argan norvegiyalik Magnus Karlsen band etgan. 2-o‘rinda borayotgan rossiyalik Vladimir Fedoseyev hisobida ham 7 ochko bor.
Ma’lumot uchun, Abdusattorov musobaqada umumiy 9 ta partiyaning oltitasida g‘alaba qozondi, ikki bor durang o‘ynadi va bitta partiyada Karlsenga imkoniyatni boy berdi.
9-turdan keyin o‘zbek shaxmatchilarining egallab turgan o‘rinlar:
3. Nodirbek Abdusattorov - 7 ochko;
30. Nodirbek Yoqubboyev - 5,5;
79. Javohir Sindorov -5;
89. Shamsiddin Vohidov - 4,5;
115. Muhiddin Madaminov - 4;
123. Jahongir Vohidov - 4;
142. Muhammadzohid Suyarov - 3,5;
161. Humoyun Begmuratov - 3.