Abdusattorov 140 ming dollarlik turnirda ishtirok etadi

Sport

image

Joriy yilning 15 fevralidan 26 fevraliga qadar Germaniyaning Dyusseldorf shahrida shaxmat bo‘yicha “WR Chess Masters” turniri bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning ishtiroki ham ko‘zda tutilgan. Abdusattorovdan tashqari dunyoning yana to‘qqiz nafar top shaxmatchisi turnirda ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, “WR Chess Masters”  musobaqasining sovrin jamg‘armasi 140 ming dollarni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Abdusattorov Germaniyadagi turnirgacha 13–29 yanvar kunlari Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahri mezbonlik qiladigan xalqaro musobaqada ham qatnashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shaxmat Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing