Bugun JCHda o‘zbekistonlik opa-singillar ikki bayroq ostida to‘qnashadi
Sport
−
28 dekabr 2022
70749Ayni kunlarda Qozog‘istonning Olmaota shahrida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlarida Jahon chempionati bahslari o‘tkazilmoqda. Bugun, 28 dekabr kuni ayollar o‘rtasida 10-tur o‘yinlari o‘tkaziladi.
Bahslarda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan grossmeyster Nafisa Mo‘minova o‘z singlisi Gulruhbegim Tohirjonovaga qarshi dona suradi. E’tiborlisi, opa-singillar ikki davlat nomidan bahs olib boradi. Musobaqada Tohirjonova AQSH sharafini himoya qilmoqda. Gulruhbegim bugun opasiga qarshi oq donalarda harakat qiladi.
Ma’lumot uchun, hozirda AQSHda istiqomat qilayotgan Gulruhbegim Tohirjonova 2021 yilda Amerika chempionatida 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, mamlakat terma jamoasi a’zosiga aylangandi.