Timati Domino’s Pizza’ni sotib oldi

Madaniyat-san’at

image

Timati nomi bilan mashhur reper Timur Yunusov taniqli bloger oshpaz Anton Pinskiy bilan sheriklikda Rossiyadagi muammoli Domino’s Pizza pitseriyasini sotib oldi. Bu haqda “News.ru” nashri xabar berdi.

Bildirilishicha, sheriklar yaqin kunlarda restoran rebrendingini amalga oshirishga tayyorlanmoqda. Batafsil ma’lumotlar esa 30 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan jurnalistlar uchun yangilangan loyiha taqdimotida ochiqlanadi.

Ma’lumot uchun, 21 avgust kuni pitseriyanning sobiq operatori DP Eurasia kompaniyasi Rossiyada bankrotlik jarayoni boshlangani va mamlakat aktivlarini sotish to‘xtatilganini e’lon qildi. Domino`s Pizza tarmog‘iga qarshi umumiy summasi taxminan 78 million rubl (817 ming AQSH dollari) bo‘lgan 24 ta da’vo qo‘zg‘atilgan. Mijozlar bajarilmagan buyurtmalar va qaytarilmagan pul haqida shikoyat qilgan. Shuningdek, pitseriya ulardan 3,4 million rubl (35 ming 600 dollar) qarzdor.

Eslatib o‘tamiz, Timati bir necha hafta avval Instagram sahifasi orqali pitseriya egalaridan xarid bo‘yicha u bilan bog‘lanishini so‘ragan va biznesni keyinchalik rebrending bilan sotib olishni rejalashtirayotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Timati Timur Yunusov Anton Pinskiy Domino’s Pizza pitseriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing