Timati badanining 70 foizini qoplagan tatuirovkalardan voz kechdi

Madaniyat-san’at

image

Reper va prodyuser Timati (Tumir Yunusov) badani va qo‘llaridagi tatuirovkalaridan voz kechdi. U ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan video dunyoning ko‘plab mamlakatlarida katta qiziqish bilan tomosha qilinyapti. Unda tatuirovkalardan xoli Timatini ko‘rish mumkin. 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

🤯🔪...

A post shared by Black Star (@timatiofficial) on

“Endi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Timati qo‘li va badanidagi tatuirovkalarni qanday yashirgani ustida bosh qotirishadi. Uning o‘zi bunga hech qanday izoh bermadi. Ijtimoiy tarmoqqa joylangan videoda u qo‘llarida tatuirovkalari yo‘qligiga ishora qiladi va jilmayadi”, deb yozmoqda RIA Novosti. 

Instagram’da Timatining tatuirovkalarsiz videosini 4 millionga yaqin kishi tomosha qilgan. 20 mingga yaqin izohlar qoldirilgan. 

Ko‘pchilik tatuirovkani bunchalik yo‘q qilish mumkin emasligi haqida yozmoqda. Ayrimlar bu ayollar pardozi uchun ishlatiladigan krem yordamida yashirilganini aytmoqda. Foydalanuvchilarning ko‘pchiligi unga tatuirovkalarni qaytarmasligini tavsiya qilyapti. 

OAVdagi xabarlarda qayd etilishicha, Timatining tanasi 70 foizi tatuirovkalar bilan qoplangan. U tanasidagi 211 ta suratning hisobini biladi, xolos. Ulardan eng “mashhur”lari yelkasiga tushirilgan ulkan bosh suyagi va toj, Timati va "Black Star" yozuvlari.


Maqola muallifi

Teglar

Timati

Baholaganlar

504

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing