Timati bankrot bo‘lgan Domino's Pizza`ni sotib olmoqchi
Madaniyat-san’at
−
23 avgust 2023
4386Timati taxallusi bilan tanilgan reper Timur Yunusov Rossiyaning bankrot bo‘lgani e’lon qilingan Domino's Pizza tarmog‘ini sotib olmoqchi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.
Timati Instagram sahifasi orqali pitseriya egalaridan xarid bo‘yicha u bilan bog‘lanishini so‘ragan. Xonanda biznesni keyinchalik rebrending bilan sotib olishni rejalashtirayotganini aytgan.
21 avgust kuni Domino's Pizza Rossiyada bankrotlik to‘g‘risida ariza berishi ma’lum bo‘ldi. Brend operatori DP Eurasia Rossiyaga sarmoya kiritishni to‘xtatdi va rus biznesiga haq to‘lashdan voz kechdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, tarmoq bozorlarni tark etishi ortidan yo‘qotishlar hajmi taxminan 520 million rubl (5 million 495 ming AQSH dollari)ni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, iyun oyi oxirida Timati sherigi, biznesmen Anton Pinskiy va “Sindika” kompaniyasi bilan birgalikda Rossiyadagi Starbucks aktivlarini taxminan 500 million rubl (5 million 284 ming AQSH dollari)ga sotib olgandi.
LiveBarchasi