Timatining qizi kuchugiga otasining ismini qo‘ydi (foto)

Madaniyat-san’at

image

Timati taxallusi bilan tanilgan rossiyalik taniqli reper Timur Yunusovning qizi yangi sotib olgan kuchugiga otasining ismini qo‘ydi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi. 

Bildirilishicha xonandaning qizi Alisa yangi kuchukcha sotib oldi. Timatining onasi Simona Yunusova esa nabirasining kuchuk tanlash jarayonini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. 

“Nihoyat bir oy deganda Elis (Alisa)ning orzusi ushaldi! Timatining ruxsat berishdan boshqa iloji yo‘q edi. Ayniqsa Elis kuchukka "Tim" laqabini berganidan keyin", degan ayol kuchukni tanlash masalasida o‘g‘li bilan juda ko‘p bahslar bo‘lganini eslarkan. 

Ma’lumot uchun, Timati Alisa tug‘ilgandan bir necha oy o‘tgach, rafiqasi Alena Shishkova bilan ajrashgan. Modelning aytishicha, u homilador bo‘lganida reper uni aldagan. Biroq, shunga qaramay, sobiq er-xotin hali ham yaxshi munosabatlarini saqlab kelmoqda va tadbirkorning onasi Shishkovaga nabirasini tarbiyalashda yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Timur Yunusov taniqli bloger oshpaz Anton Pinskiy bilan sheriklikda Rossiyadagi muammoli Domino’s Pizza pitseriyasini sotib olgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Timati kuchuk Timur Yunusov qizi Alena Shishkova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing