Kim Chen Inning qizi uning merosxo‘ri bo‘lishi mumkin
Olam
−
28 Oktabr 2023
7914Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning qizi Chju E mamlakatning navbatdagi hukmdori bo‘lishi mumkin. Bu haqda Janubiy Koreya birlashuv vaziri Kim Yon Xo ma’lum qildi.
Janubiy Koreya birlashuv vaziri Shimoliy Koreya rahbari o‘z qizini siyosiy hokimiyatning merosxo‘ri sifatida tanlaganini aytdi.
Chju E qariyb o‘n yoshda va birinchi marta o‘tgan yilning 18 noyabr kuni, otasi bilan “Xvason-17” qit’alararo ballistik raketasining uchirilishi paytida omma oldida chiqish qilgan.
“Shimoliy Koreya rejimida vorislikning rasmiy tizimi yo‘q. Bu esa davlatchilikning keyingi taqdirini xavf ostiga qo‘yadi. Shunga qaramay, so‘nggi u (Kim Chen In) bilan bog‘liq voqealarni kuzatsak, o‘z qizini bo‘lajak hukmdor sifatida ko‘rayotganini anglashimiz mumkin”, deydi Kim Yon Xo.
Kim Yon Xo Kim Chen Inning o‘g‘li borligi haqidagi biror dalil yo‘qligiga ham to‘xtalib o‘tgan.
Ba’zi nashrlar Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi Kim Yo Chenni ham unutib qo‘ymaslik haqida yozmoqda.
Ayni paytda Kim Yo Chen Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritmoqda.
LiveBarchasi