Yekaterinburgda garajdan 40 yoshli reperning jasadi topildi
Olam
−
08 Oktabr
5554Rossiyaning Yekaterinburg viloyatidagi garajda MC Bandit taxallusi bilan tanilgan 40 yoshli reper Aleksey Brajnikovning jasadi topildi. Ushbu ma’lumotni san’atkorning yaqinlari ham tasdiqlagan. Bu haqda “Ura.ru” xabar berdi.
“Jasad Uralmashdagi garajda topilgan”, deya xabar bergan nashr manbasi.
Nashrning yozishicha, hozirda hodisa joyida huquq-tartibot organlari ishlamoqda. Sverdlovsk tergov qo‘mitasidan rasmiy izoh kutilyapti. Voqea bilan bog‘liq boshqa tafsilotlar hali ochiqlanmagan.
Ma’lumot uchun, Aleksey Brajnikov 1984 yilning 4 mayida tug‘ilgan va Uralmashda yashab kelgan. Yoshligidan repga qiziqib, keyinchalik hayotini shunga bag‘ishlagan. Ko‘p yillar u DJ bo‘lib ishlagan, Sverdlovsk kinostudiyasi bilan hamkorlik qilgan va musiqa to‘garagida dars bergan. Keyinchalik “Da Ban Studio” nomli o‘zining ovoz yozish studiyasini ochgan va Vitya AK-47 hamda “Vostochnyy okrug” guruhi kabi ijrochilar bilan ishlagan. Reperning bir nafar o‘g‘li bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Oqtov shahridagi 3-mikrorayonda chiqindi konteynerlari yonidan aralash yakkakurash jangchisi Vusal Jafarovning jasadi topilgan edi.
LiveBarchasi