Chorvoqdagi fojia: cho‘kib ketgan 3-shaxsning ham jasadi topildi
3-sahifa
−
14:01 2893 2 daqiqa
Bugun, 10 sentyabr kuni Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Burchmulla” MFY hududidagi Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan 3 nafar fuqaro (ota va 2 nafar o‘g‘il)lardan uchinchisi (ota)ning ham jasadi topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 sentyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi g‘avvoslari Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan 3 nafar fuqarodan birining jasadini topgan edi. Shuningdek, bugun, 10 sentyabr kuni soat 12:07 da 3 nafar fuqarolardan ikkinchisining jasadini ham topilgandi. Endi esa ularning uchinchisi, ya’ni otasining ham jasadi topildi.
O‘zi nima bo‘lgan edi?
Joriy yilning 2 sentyabr kuni Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan bir oila katerda suv bo‘ylab sayr qilgan va suratga tushish maqsadida cho‘milish taqiqlangan hududda to‘xtagan. Keyinchalik ular shu joyning o‘zida cho‘milishga qaror qilgan. Aytilishicha, cho‘milish vaqtida ular qutqaruv nimchalaridan foydalanmagan. Katerni boshqarib kelgan haydovchi fuqarolarga suvga tushishdan avval qutqaruv nimchalarini kiyishni tavsiya qilgan, biroq uning tavsiyasiga rioya qilinmagan.
Suvga tushgan birinchi bola oyog‘ining tomiri tortib qolgan. Shundan so‘ng otasi uni qutqarish uchun suvga tushgan. Keyin yana bir o‘g‘il suvga kirgan. Shu tariqa ota va uning ikki o‘g‘li ketma-ket cho‘kib ketgan. Shuningdek, hodisa sodir bo‘lgan hududda shamol bo‘lib turgan, suvda ozgina to‘lqin hosil bo‘lgan. O‘sha jarayonda cho‘kish holati yuz bergan. Hodisa vaqtida katerda ayol va yana ularning bir singlisi ham bo‘lgan. Ular atrofdagilardan yordam so‘ragan. Kater haydovchisi ham suvga tushib, ularni qutqarishga uringan, biroq buning imkoni bo‘lmagan.
Live
Barchasi