Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloqning jasadi topildi
Olam
−
14:19 1062 2 daqiqa
Kecha, 2 oktyabr kuni Moskvadagi Sheremetevo aeroportining uchib kelish zonasidagi hojatxonadan ayol kishi va yangi tug‘ilgan chaqaloqning murdasi topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Moskva viloyati bo‘yicha Tergov boshqarmasiga tayanib, “Meduza” xabar berdi.
Huquqni muhofaza qilish organlarining TASSga ma’lum qilishicha, dastlabki taxminlarga ko‘ra, 30 yoshli ayol aeroport hojatxonasida farzand dunyoga keltirgan va so‘ng uni bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Kuch ishlatar tuzilmalarga yaqin bo‘lgan “Mash”, “Baza” va “112” Telegram-kanallari ma’lumotiga ko‘ra, ayol Turkiyadan uchib kelgan. Aeroportda unda to‘lg‘oq boshlangan, u hojatxona kabinalaridan biriga berkinib olib, bolani tug‘gan va og‘ziga hojatxona qog‘ozini solib, uni bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Uning chinqiriqlarini eshitgan va qonni ko‘rgan odamlar unga yordam berishga harakat qilgan, ammo u yordamni rad etgan. Ayolga yordam berish uchun tibbiyot xodimlari chaqirilgan, lekin u ko‘p qon yo‘qotishdan vafot etgan.
“Mash” nashrining yozishicha, marhuma asli ukrainalik bo‘lib, o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan LXRda ro‘yxatda turgan. U Turkiyadan eri va 11 yoshli qizi bilan uchib kelgan. Eri ayolining homiladorligidan bexabar bo‘lganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyaning Sheffild shahrida yangi tug‘ilgan qizaloq 15 marta pichoqlanib, jami 33 ta jarohat bilan o‘lik holda topilgani haqida xabar berilagan edi.
Live
Barchasi