TikTok o‘z joniga qasd qilishni targ‘ib qiluvchi yetakchi platforma bo‘ldi
Texnologiya
−
28 iyun 2021
12464Rossiyaning ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarning professional foydalanuvchilari assotsiatsiyasi mutaxassislari tadqiqot o‘tkazdi va TikTok’da o‘smirlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishni targ‘ib qiluvchi “ko‘k kit” mavzusiga tegishli 1,7 mingga yaqin videoni topdi. Shundan so‘ng uyushma Rossiyaning aloqa, axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vositalari bo‘yicha federal nazorat idorasi — Roskomnadzorga ushbu ma’lumot bilan xat yubordi, deb xabar bermoqda “Izvestiya”.
Ta’kidlanishicha, bu ko‘rsatkich barcha asosiy platformalar orasida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan.
Assotsiatsiya TikTok “o‘lim guruhlari” bilan bog‘liq xeshteglar bilan kontentni tarqatishda mutlaq yetakchiga aylanganidan xavotir bildirgan va Roskomnadzordan “o‘z joniga qasd qilish tendensiyalariga qarshi qoniqarsiz ish olib borilishi munosabati bilan xorijiy ijtimoiy tarmoqlarga qarshi chora ko‘rishni” so‘ragan.
Tadqiqot shu yilning mart oyi oxiridan iyun oyi boshigacha o‘tkazilgan. Mutaxassislar, shuningdek, Facebook, Instagram va “VKontakte”da joylashtirilgan tarkibni ham tahlil qilgan.
Xabarga ko‘ra, Roskomnadzor murojaat qabul qilinganini tasdiqlagan va allaqachon uni o‘rganishni boshlagan. TikTok matbuot xizmati o‘z o‘rnida xizmatning “mutlaq ustuvorligi” — xavfsizlik ekanini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida TikTok ijtimoiy tarmog‘i o‘z joniga qasd qilish yoki o‘ziga zarar yetkazish bilan bog‘liq kontentni olib tashlashini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi