Mashhur bloger ayolning kuyib ketgan jasadi topildi

Olam

image

Fransiyada ayol kishining kuyib ketgan jasadi topildi. Olib borilgan surishtiruvlar oqibatida u mashhur TikTok-bloger Sonya Bellinaga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda VVS xabar berdi.

Nashrning xabar qilishicha, joriy yilning 12 avgust kuni fermer Nim shahri yaqinidagi uzumzordan murdani topib olgan. Biroq hokimiyat organlari bir necha kun davomida halok bo‘lgan ayolning shaxsini aniqlay olmagan.

Kecha, 19 avgust kuni shahar prokurori tergov va DNK tahlili o‘tkazilgach, kuyib ketgan jasad ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan shaxs – Sonya Bellinaga tegishli ekani aniqlanganini ma’lum qilgan.

29 yoshli qizning TikTok’da 260 mingga yaqin kuzatuvchisi bo‘lgan, bir oydan keyin u 30 yoshni qarshi olishi kerak edi. U ushbu hududga oilasinikiga mehmonga kelgan bo‘lgan.

Shuningdek, ushbu ish bo‘yicha politsiya ma’lumotlariga ko‘ra “hodisada to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita ishtirok etgan” ikki nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingani ma’lum bo‘lgan.

Bu holat hali tasdiqlanmasdan oldinroq o‘zini blogerning opasi deb tanishtirgan ayol Sen-Jill kommunasidagi uzumzordan topilgan jasad Sonyaga tegishli ekaniga amin bo‘lganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Sonya o‘sha kuni uydan chiqib ketgan va qaytib kelmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikaning Kulyakan shahrida TikTok blogeri Sesar Gastelum do‘stlari bilan jonli efir olib borayotgan vaqtda noma’lum qurolli shaxslar tomonidan otib o‘ldirilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing