TikTok foydalanuvchilari uchun yangilik taqdim etdi 

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

TikTok ijtimoiy tarmog‘i yuklanadigan videolarning maksimal uzunligini bir daqiqadan uch daqiqagacha oshirdi. Bu haqda tarmoq matbuot xizmati xabar bergan.  

“Yaqin haftalarda biz foydalanuvchilarga TikTok’da uzunroq videolar yaratish imkoniyatini taqdim etamiz, bu xalqaro hamjamiyatimizga TikTok’da  to‘g‘ridan-to‘g‘ri uch daqiqagacha video suratga olish, video yuklash va tahrirlash imkoniyatini beradi”, deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, ushbu funksiya avval ba’zi foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lgan, endilikda esa ushbu imkoniyatdan hamma foydalanishi mumkin bo‘ladi. 

“Hammasi tayyor bo‘lgach, sizga xabar keladi”, deyilgan tarmoq matbuot xizmati xabarida. 

Avvalroq, TikTok o‘z joniga qasd qilishni targ‘ib qiluvchi yetakchi platforma bo‘lgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

TikTok

Baholaganlar

1773

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing