TikTok foydalanuvchilari uchun yangilik taqdim etdi
Texnologiya
−
02 iyul 2021 42841 1 daqiqa
TikTok ijtimoiy tarmog‘i yuklanadigan videolarning maksimal uzunligini bir daqiqadan uch daqiqagacha oshirdi. Bu haqda tarmoq matbuot xizmati xabar bergan.
“Yaqin haftalarda biz foydalanuvchilarga TikTok’da uzunroq videolar yaratish imkoniyatini taqdim etamiz, bu xalqaro hamjamiyatimizga TikTok’da to‘g‘ridan-to‘g‘ri uch daqiqagacha video suratga olish, video yuklash va tahrirlash imkoniyatini beradi”, deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, ushbu funksiya avval ba’zi foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lgan, endilikda esa ushbu imkoniyatdan hamma foydalanishi mumkin bo‘ladi.
“Hammasi tayyor bo‘lgach, sizga xabar keladi”, deyilgan tarmoq matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq, TikTok o‘z joniga qasd qilishni targ‘ib qiluvchi yetakchi platforma bo‘lgani haqida xabar bergandik.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28