TikTok AQSHning bir shtatini sudga berdi

Olam

image

TikTok kompaniyasi AQSHning Montana shtatini o‘z xududida qisqa video ilovalarni taqiqlovchi qonunni qabul qilgani uchun sudga berdi. Bu haqda “The Rambler” nashri xabar berdi.

“Biz Montana shtatida TikTok’ni taqiqlanishini konstitutsiyaga zid deb hisoblaymiz. Biznesimizni va Montanadagi yuz minglab TikTok foydalanuvchilarini himoya qilish uchun e’tiroz bildiramiz”, deya keltirilgan kompaniyaning arizasida.

Gap shundaki, bir guruh “tiktoker”lar AQSHning Montana shtatida yaqinda qabul qilingan ilovadan foydalanishni taqiqlovchi qonunga qarshi chiqish uchun sudga murojaat qilgan. Da’voga ko‘ra, shtat fikr almashishni taqiqlash vakolatiga ega emas, chunki bu AQSH Konstitutsiyasining so‘z erkinligi tamoyiliga to‘g‘ri kelmaydi.

Ma’lumot uchun, Montana gubernatori Greg Janforte foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini xorijiy agentlardan himoya qilish maqsadida shtatda TikTok’dan foydalanishni taqiqlagan edi. Gubernator bunga ilovani Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli ekanligini sabab qilib ko‘rsatgan. Keyinchalik Janforte noma’lum sabablarga ko‘ra, amaldorlar o‘rtasida Telegram va WeChat ilovalaridan foydalanishga ham cheklovlar o‘rnatgan edi.

Sevara Azimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh TikTok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing