Tixanovskayaning Belarusdagi hisobi muzlatildi 

Olam

image

Belarus muxolifati yetakchisi va prezidentlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya o‘zining Belarus bankidagi hisob raqami muzlatib qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi. Bu haqda u Telegram kanalida yozib qoldirgan. 

Ta’kidlanishicha, Tixanovskaya bu borada izoh talab qilib Belarusbankka murojaat qilgan. 

"Bank xodimi sababini aytdi: "Terroristik harakatlarga aloqador shaxslar ro‘yxatiga kiritilganlarning mablag‘larini muzlatib qo‘yish chora-tadbirlari doirasida" hisobim muzlatilgan", deyilgan xabarda. 

Aniqlik kiritilishicha, oxirgi paytlarda ushbu hisobdan faqatgina nogiron bola uchun ijtimoiy nafaqa to‘lab kelingan. 

Avvalroq, Belarus maxsus xizmatlari prezidentlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskayani terroristik faoliyatga aloqador shaxslar va tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Tixanovskaya

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing