Tixanovskaya Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va 13 kun muhlat berdi

Olam

image

Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya mamlakat Hukumati muxolifat talabini bajarmasa 13 kundan keyin barcha korxonalarda ish tashlash boshlanishini aytib, ultimatum qo‘ydi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.

Muxolifat Belarusning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko iste’foga chiqishi, ko‘chalarda zo‘ravonlikni to‘xtatish va barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilishni talabini qo‘yyapti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, talablar 25 oktyabrgacha bajarilmasa, butun mamlakat Xalq Ultimatumi bilan ko‘chaga chiqadi. 26 oktyabrda esa Tixanovskayaning ta’kidlashicha, barcha korxonalarda milliy ish tashlash boshlanadi, ko‘chalarda harakat to‘xtatib qo‘yiladi.

“Sizlarda uchta shartni bajarish uchun 13 kun bor. Bizda tayyorgarlik uchun 13 kun bor va shu vaqtda belaruslar tinch va qat’iy namoyishlarini davom ettiradi”, degan Tixanovskaya.

Ma’lumot o‘rnida, Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan 9 avgust beri namoyishlar bo‘lib o‘tyapti. Namoyishchilar saylov natijasidan norozi bo‘lib, namoyishlar uyushtiryapti. Ular saylovni qayta o‘tkazishni talab qilyapti. Belarus Prezidenti esa qayta saylov o‘tkazish uchun Konstitutsiya o‘zgartirish kiritish kerakligini aytyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko Svetlana Tixanovskaya

Baholaganlar

548

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing