Tixanovskaya qo‘ygan muddat tugadi. Kuchishlatar tuzilmalar sergak tortdi

Olam

image

Bugun, 25 oktyabr kuni muxolif kuchlarining navbatdagi keng ko‘lamli, noqonuniy namoyishlari bo‘lishi kutilayotgan Minsk markaziga kuch ishlatar tuzilmalar qo‘shinlari, jumladan militsiya va OMON, shuningdek Ichki ishlar vazirligining harbiy texnikalari yo‘naltirilmoqda. 

Gap shundaki, 13 oktyabrda Tixanovskaya boshchiligida muxolifat liderlari Lukashenkoga nisbatan e’lon qilgan “ultimatum” muddati bugun nihoyasiga yetadi. “Ultimatum” quyidagi uch talabdan iborat:

•    Lukashenko iste’fo berishi;
•    xalqqa nisbatan zo‘ravonliklar to‘xtatilishi; 
•    100 nafar siyosiy mahbuslarning ozod qilinishi.

Agar “ultimatum” muddati tugagunga qadar yuqoridagi keltirilgan talablar bajarilmasa, muxolifat umumxalq namoyishlari va ish tashlarlar, yo‘llarni yopib qo‘yish va davlat do‘konlarini boykot qilish bilan tahdid qilgan edi.

20 oktyabr kuni Lukashenko bunga javob tariqasida, “ultimatum“ muddati tugaganda Minskda tartib o‘rnatishini aytgan edi va shu sababli, ertalabdan boshlab yo‘l patrul xizmati avtomobillari shaharning markaziy transport yo‘llaridan biri bo‘lgan Mustaqillik chorrahasiga tutash ko‘chalarda harakatni to‘xtatishni boshladi. Kuch ishlatar tuzilmalarning katta miqdordagi harbiy texnika karvoni xiyobon bo‘ylab markaz tomon otlandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan 9 avgustdan keyin bir qator namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Ularda saylovni qayta o‘tkazish talab qilindi. Belarus Prezidenti esa qayta saylov o‘tkazish uchun Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish kerakligini aytyapti.

Lukashenkoning saylovdagi asosiy raqibi Svetlana Tixanovskaya saylovdan bir necha kun o‘tgach, Litvaga ketishga majbur bo‘lgan. 

Farrux Murodqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Minsk Aleksandr Lukashenko Balerus'

Baholaganlar

256

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing