Tixanovskaya BMTni Belarusga kuzatuv missiyasini yuborishga chaqirdi
Olam
−
05 Sentabr 2020
3907Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya BMT Xavfsizlik Kengashini mamlakatga kuzatuv missiyasini yuborishga chaqirdi. U bu haqda BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishidagi nutqida gapirgan.
BMT Xavfsizlik Kengashining videoselektor yig‘ilishida Tixanovskaya shuningdek, BMTni Belarusda namoyishchilarga qarshi xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan zo‘ravonlik qo‘llanilishini qoralashga va BMT Xavfsizlik Kengashining ushbu mamlakatda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha maxsus yig‘ilishini o‘tkazishga chaqirdi.
Muxolifat rahbari xalqaro hamjamiyatdan saylovdagi qonunbuzarliklar va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun mas’ul bo‘lganlarga qarshi sanksiyalarni qo‘llashni so‘radi.
9 avgust kuni prezident saylovlari bo‘lib o‘tgan Belorusiyada bir haftadan ko‘proq vaqtdan beri ovoz berish natijalariga rozi bo‘lmaganlarning ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.
Dastlabki kunlarda harakatlar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan to‘qnashuvlar bilan birga kechdi.
Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 6 mingdan ortiq odam hibsga olingan, bir necha o‘nlab huquq-tartibot xodimlari va namoyishchilar jarohat olgan.
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.
Uning asosiy raqibi deb aytilgan Svetlana Tixanovskaya 10,1 foiz bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
16 avgust kuni Minskda Prezident Lukashenko muxoliflarining eng ko‘p sonli mitingi bo‘lib o‘tdi.
LiveBarchasi