Putin Xavfsizlik Kengashi bilan Lukashenkoning Moskvaga tashrifini muhokama qildi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Rossiya Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari bilan Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustinning Minskka tashrifi yakunlari va Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Moskvaga tashrifiga tayyorgarlikni muhokama qildi. Bu haqda bugun, 4 sentyabr kuni Rossiya davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. 

"Rossiya Bosh vazirining Minskka tashrifi natijalari, shu jumladan Belarus Prezidentining Moskvaga safariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi", deydi u. 

2 sentyabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov yaqin ikki hafta ichida Moskvada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi kerakligini aytgandi. Ammo uchrashuvning aniq sanasini e’lon qilmagandi. 

Putin o‘tkazgan bugungi yig‘ilishda Xavfsizlik Kengashi Raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev, parlamentning har ikki palatasi spikerlari Valentina Matviyenko va Viacheslav Volodin  Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev, Tashqi ishlar, Ichki ishlar va Mudofaa vazirlari Sergey Lavrov,  Vladimir Kolokolsev va Sergey Shoygu, FSB direktori Aleksandr Bortnikov va tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkinlar ishtirok etgan.

Belarusdagi vaziyat barqaror emas. Mamlakat poytaxti 9 avgust kuni o‘tkazilgan Prezidentlik saylovidan keyin namoyishlar markaziga aylandi. Kuch ishlatar tuzilmalar o‘rtasida ham hamfikrlar bor deb aytish qiyin. Xususan, Ichki ishlar vazirligi saytida Lukashenko qidiruvga berilgani xabar qilindi. Oradan bir oyga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, belarusliklar xalqi tinchigani yo‘q. Ular har kuni tinch namoyish o‘tkazyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rossiya-Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing