Tixanovskaya Belarusda namoyishlar to‘lqini qachondan boshlanishini ma’lum qildi

Olam

image

Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya mamlakatda norozilik harakatining yangi to‘lqini joriy yilning bahorida boshlanishini ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari natijalariga va xavfsizlik kuchlarining harakatlariga qarshi norozilik namoyishlari tobora mahalliylashib va kamayib bormoqda, ammo ular to‘xtamayapti. 

Siyosatchi so‘nggi paytlarda respublikada ommaviy namoyishlar o‘tkazilmaganini mantiqiy deb atagan. 

"Odamlar charchagani sababli shunday bo‘ldi, bundan tashqari ko‘chada ham ob-havo sovuq. Ammo muhimi shundaki, u ko‘ngilda va miyada. Endi ommaviy harakat kuchayadi va bahorga kelib u avvalgi hajmiga qaytadi", deb tushuntirgan Tixanovskaya.

U hamma narsa belaruslarga bog‘liqligini ta’kidlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Belarusda 2020 yilning 9 avgust kuni mamlakat prezidentligi uchun saylovlar o‘tkazilgandi. Rasmiy natijaga ko‘ra, saylovda Aleksandr Lukashenko 81 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Ammo mamlakat xalqi bu natijani qabul qilishni xohlamay, namoyishga chiqdi. Saylovdan keyin bir oy davomida har kuni tinch norozilik namoyishi uyushtirildi. Ammo Hukumat politsiya va OMON guruhini ishga solib, mitinglarni tarqatishga urindi. Yuzlab odamlar qo‘lga olindi.

Oktyabr oyidan boshlab haftaning oxirida namoyish uyushtiriladigan bo‘ldi va bu hozirgacha davom etyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus'

Baholaganlar

104

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing