“The Ring” eng kuchli bokschilar reytingini yangiladi. Fyuri o‘ntalikda yo‘q

Sport

image

Nufuzli “The Ring” nashri vazn toifasidan qat’i nazar, dunyoning eng yaxshi bokschilarining yangilangan reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, super o‘rta vaznda WBA, WBC, WBO va The Ring chempionlik kamari sohibi Saul Alvares birinchi pog‘onada qayd etilgan, ikkinchi o‘rinda versiyalari bo‘yicha super og‘ir toifada WBA, IBF, WBO va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempioni Aleksandr Usik joylashgan. Yaponiyalik Naoya Inoue esa uchinchi o‘rinda qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Deontey Uaylderni nokautga uchratgan WBC va “The Ring”kamari sohibi Tayson Fyuri P4P reytingiga kiritilmagan.

The Ring P4P reytingi:
1. Saul Alvares (Meksika)
2. Aleksandr Usik (Ukraina)
3. Naoya Inoue (Yaponiya)
4. Terens Krouford (AQSH)
5. Djosh Teylor (Buyuk Britaniya)
6. Errol Spens (AQSH)
7. Teofimo Lopes (AQSH)
8. Xuan Fransisko Estrada (Meksika)
9. Vasiliy Lomachenko (Ukraina)
10. Kazuto Ioka (Yaponiya)

Ma’lumot uchun, Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren Aleksandr Usikka qarshi mutlaq chempionlik jangini tashkil etishga tayyorligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks WBA WBC Tayson F'yuri IBF WBO Usik The Ring P4P

Baholaganlar

67

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing