“The Guardian” talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sport

image

Buyuk Britaniyaning “The Guardian” nashri joriy yilning eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatini e’lon qildi.

Ushbu reyting “France football” tomonidan o‘tkazilgan “Oltin to‘p” uchun berilgan ovozlar natijalaridan keskin farq qildi.

Unga ko‘ra, 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski tan olindi. “Oltin to‘p” sohibi, Lionel Messi (PSJ) esa 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni “Liverpul” vingeri Muhammad Saloh yakunladi. Karim Benzema, Jorjino, Kilian Mbappe, Krishtianu Ronaldu va Erling Xoland eng kuchli sakkiz futbolchi qatoridan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 noyabr kuni Lionel Messi faoliyatida 7-marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Levandovski ikkinchi o‘rinni egallagan edi. Mukofot topshirilganidan so‘ng, Messi Robertning o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lganini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, “France Football” jurnali bosh muharriri Paskal Ferret nashr 2020 yilgi “Oltin to‘p” marosimini bekor qilish haqidagi qarorni qayta ko‘rib chiqishi va sovrinni “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskiga topshirishi mumkinligini ma’lum qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Messi Oltin to'p Levandovski

Baholaganlar

480

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing