Tezkor: Sardoba fojiasi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olindi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyati "Sardoba" suv omborida joriy yilning 1 may kuni yuz bergan fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan xabaringiz bor  Ayni vaqtda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha 2 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, ularga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

Tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tergov Sardoba

Baholaganlar

2009

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing