Tezkor: Sardoba fojiasi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olindi
Jamiyat
−
23 may 2020 45361 1 daqiqa
Sirdaryo viloyati "Sardoba" suv omborida joriy yilning 1 may kuni yuz bergan fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan xabaringiz bor Ayni vaqtda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha 2 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, ularga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr