Tezkor elektromobil yasagan talabalar Ginnesga kirdi

Texnologiya

image

Shveysariyalik talabalar 0,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erisha oladigan elektromobil yig‘ib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda “Hightech” nashri xabar berdi

ETH Zurich va Lutsern universitetlari talabalari tomonidan taqdim etilgan ushbu Myten poyga mashinasi qisqa vaqt ichida yuqori tezlikka erisha olish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Test poygasida elektromobil 100 km/soat tezlikka chiqish uchun bir soniyadan kamroq vaqt sarflagan. Unga rekord o‘rnatish uchun atigi 12,3 metr masofani bosib o‘tish kifoya qilgan.

Myten'ning barcha komponentlari, platalardan akkumulyatorgacha talabalar tomonidan ishlab chiqilgan va optimallashtirilgan. Mashinaning umumiy og‘irligi 140 kg bo‘lib, 240 kVt (taxminan 326 ot kuchi) quvvatga ega dvigatel bilan jihozlangan. 

Dyubendorfdagi Shveysariya innovatsion parkida mutaxassislar tomonidan qayd etilgan 0,956 soniyalik tezlik ko‘rsatkichi Shtutgart universiteti jamoasi tomonidan 2022 yil sentyabr oyida o‘rnatilgan 1,461 sekundlik jahon rekordini katta farq bilan yangiladi.

Eslatib o‘tamiz, 6 yoshli Simar Hurana bolalar uchun qiziqarli, ta’lim beruvchi video o‘yin yaratib, dunyodagi eng yosh video o‘yin ishlab chiqaruvchisiga aylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

talabalar Ginnes Tezkor elektromobil'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing