Shotlandiyalik 78 yoshli geymer buvi Ginnesga kirdi
Bu qiziq
−
14:20 814 2 daqiqa
Shotlandiyalik 78 yoshli Ket Boui ommabop Fortnite onlayn o‘yinining dunyodagi eng keksa strimeri sifatida rasman tan olindi. Bu haqda “The Straits Times” xabar berdi.
Qayd etilishicha, tarmoqda “grumpygran1948” taxallusi bilan tanilgan shotlandiyalik pensioner Ket Boui muntazam ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga chiqadi va Fortnite’dagi o‘zining o‘yin jarayonlarini translyatsiya qiladi.
Ayol kompyuter o‘yinlariga to‘qqiz yil avval nevarasi sabab qiziqib qolgan. Nevarasi momosining translyatsiyalarini kimdir tomosha qilishiga shubha bildirganida, u aksini isbotlashga qaror qilgan. Bugungi kunda 78 yoshli strimerning kanaliga 24 mingdan ortiq kishi obuna bo‘lgan. Ket sevimli o‘yini qarshisida har kuni bir necha soat vaqt o‘tkazishini tan oladi.
“Unga yoshlar hamjamiyati bilan muloqot qilish va murakkab o‘yin sinovlarini qabul qilish juda yoqadi, jarayonning o‘zi esa tetiklikni saqlashga yordam beradi”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, Ket Bouining tarixi Ginnesning rekordlar kitobining videoo‘yinlarga bag‘ishlangan yangi soniga kiritiladi. Rekordchi hammani yoshga e’tibor bermaslikka va yangi sevimli mashg‘ulotlarni jasorat bilan sinab ko‘rishga chaqiradi, zero kompyuter o‘yinlarini o‘ynashni boshlash hech qachon kech emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 34 yoshli irlandiyalik Eymon Kivni Istanbuldan Irlandiyagacha oyoq kiyimsiz 6 805,83 kilometr yo‘l bosib, eng uzoq yalangoyoq sayohat bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgandi.
Live
Barchasi