Teylor Svift konsertida terakt uyushtirishda gumonlanganlar hibsga olindi
Olam
−
09 avgust
3895Bugun, 9 avgust kuni Avstriya hukumati amerikalik estrada yulduzi Teylor Sviftning Venada bo‘lishi rejalashtirilgan konsertida terakt tayyorlashda gumon qilingan uchinchi shaxsni hibsga oldi. Bu haqda Avstriya Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, terakt uyushtirishda gumon qilingan ikki kishining qo‘lga olinishi ortidan sodir etilishi rejalashtirilgan teraktning oldi olingan. Terakt uyushtirishda gumonlangan yana bir kishi iroqlik 18 yoshli o‘smir ekanligi aniqlangan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, avvalroq qo‘lga olinganlardan biri 19 yoshli Avstriya fuqarosi bo‘lib, u ISHID terrorchilik tashkiloti a’zosi bo‘lgan, tergov jarayonida u o‘zini portlatib, ko‘plab odamlarni o‘rdirmoqchi bo‘lganini tan olgan. Shuningdek, u avvalgi ish joyidan kimyoviy moddalarni o‘g‘irlagan va internetdan portlovchi moslama yasash haqida ma’lumotlar yig‘ib yurgan.
Yana bir gumonlanuvchi 17 yoshda bo‘lib, u Svift chiqishidan bir necha kun oldin konsert maydonida ishlay boshlagan.
Tintuvlar davomida rasmiylar tomonidan ISHID guruhi va “Al-qoida”ga tegishli materiallar topilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq amerikalik estrada yulduzi Teylor Sviftning Venada bo‘lib o‘tadigan uchta konserti ham bekor qilingandi.
Zumrad Zaripova