Testning ikkinchi kunida 5 695 nafar abituriyent imtihonga kelmadi
Jamiyat
−
04 Sentabr 2020
4954Xabaringiz bor, joriy yilning 2 sentyabridan O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi. Kecha, 3 sentyabr kuni o‘tkazilgan imtihonlar yakuniga ko‘ra, 5 695 nafar abituriyent test sinoviga kelmagani ma’lum bo‘ldi.
⠀
Respublikadagi 65 ta ob’ektda (48 ta stadion va 17 ta hiyobonda) test sinovlari 1-smenada soat 08:00 da boshlanib, 11:00 da tugagan. 2-smena esa 17:00 da boshlanib, 20:00 da tugagan.
Namangan viloyatida ob-havo tufayli, 2-smenada imtihon soat 18:30 da boshlanib, 21:30 da yakunlangan.
⠀
Test sinovlarida bir kunda ishtirok etishi rejalashtirilgan 117 919 nafar abituriyentdan 112 103 nafari – 95,1 % qatnashgan.
⠀
6 nafar abituriyentning tana harorati 37⁰ C dan yuqori bo‘lganligi sababli, ularga ishtirok etishga ruxsat berilmagan. Jami 5 695 nafar abituriyent test sinoviga kelmagan.
40 nafar abituriyent hududga kirish joyida: 28 nafari telefon, 3 nafari shpargalka, 9 nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirmoqchi bo‘lgani uchun chetlatilgan.
75 nafar abituriyent imtihon jarayonida:
• 62 nafari telefon va elektron qurilmalar;
• 7 nafari shpargalka;
• 4 nafari test materiallarini olib chiqib ketishga harakat qilgani;
• 2 nafari boshqa shaxsning o‘rniga kirgani uchun chetlatilgan.
⠀
Namangan, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida boshqa abituriyent o‘rniga kirmoqchi bo‘lgan 6 nafar “soxta abituriyentlar” jarayondan chetlatilib, Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda choralar ko‘rilgan.
LiveBarchasi