“Uddaburon” 3 abituriyentga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Poytaxt Toshkentda uch nafar abituriyent soxta sertifikatlar orqali o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqarolar S.A., F.Yu. va X.A.lar test sinovlari majmuasiga chet tili fani kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgani, sertifikatning muayyan darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball berilganligidan foydalanish maqsadida, www.abitur.dtm.uz sayti orqali chet el vakolatli xayriya organining O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan tashkiloti sertifikatini qalbakilashtirgani, shu orqali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga hujjat topshirgani aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan S.A., F.Yu. va X.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1 va 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Kirish imtihoni Abiturient

Baholaganlar

548

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing