Mandat qachon e’lon qilinadi?
Jamiyat
−
11 avgust 25131 1 daqiqa
Ijtimoy tarmoqlarda 2025-2026 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) joriy yilning 15 avgust yoki 16 avgust kuni e’lon qilinishi haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova bilan bog‘landi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, test natijalari imtihonlar to‘liq yakunlanganidan so‘ng 7 kun ichida e’lon qilinishi kerak va bu aynan 15 avgust kuniga to‘g‘ri keladi.
Qayd etish joiz, ta’lim yo‘nalishlarini tanlash jarayoni 25 iyuldan 8 avgustga qadar davom etdi.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganini bildiruvchi natijalar esa 8 avgustdan keyin bir hafta ichida, ya’ni 15 avgustga qadar e’lon qilinishi kerak. Ushbu sana texnik sabablar tufayli bir kun kechikishi ham mumkin.
2024 yilda ta’lim yo‘nalishlarini tanlash jarayoni 27 iyuldan 10 avgustga qadar bo‘lib o‘tgan va yakuniy mandat 17 avgustda e’lon qilingandi.
Bu tajribaga tayanilsa, 2025 yilda ham yakuniy tanlov natijalari 15 avgust kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.
Live
Barchasi