Abituriyentlar uchun test sinovlari boshlanish sanasi e’lon qilindi
Jamiyat
−
13 iyul 6067 1 daqiqa
2026–2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 14–23 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, test sinovlari 10 kun davomida kuniga ikki smenada tashkil etiladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena esa 15:00 da boshlanadi.
Abituriyentlardan test o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1,5 soat oldin yetib kelish so‘ralgan.
Shuningdek, “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz sayti orqali yuklab olib, chop etib olish kerakligi qayd etilgan.
Ma’lum qilinishicha, test sinoviga kirishda abituriyent o‘zi bilan pasport yoki ID-karta hamda ruxsatnomani olib kelishi shart hisoblanadi. Pasport nusxasi bilan kelgan yoki belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026–2027 o‘quv yili uchun O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan 677 ming 907 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgani va bu so‘nggi yetti yildagi eng past ko‘rsatkich sifatida qayd etilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 12 ming 997 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita oliy ta’lim muassasalariga qabul tanlovining keyingi bosqichiga o‘tkazilgan edi.
Live
Barchasi