Qirg‘iziston va Qozog‘iston Ramazon oyi qachondan boshlanishini e’lon qildi
Olam
−
13:11 4846 1 daqiqa
2027 yilda Qirg‘izistonda Ramazon oyi 8 fevralda boshlanishi mumkin. Ro‘za boshlanishining aniq sanasi oy yaqinlashganda e’lon qilinadi. Bu haqda mamlakat muftiyyatiga tayanib, “24.kg” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi ham kelgusi yil uchun diniy sanalar taqvimini e’lon qilgan. Unga ko‘ra, Ramazon oyi 8 fevralda boshlanadi. Qadr kechasi 5 martdan 6 martga o‘tar kechasi, Ramazon hayiti 9 martda, Qurbon hayiti esa 16–18 may kunlari nishonlanadi.
Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hijriy oylarning boshlanishi xalqaro astronomik tadqiqot markazlari ma’lumotlari asosida belgilanadi. Biroq yangi oyning ko‘rinishiga qarab, diniy bayramlarning aniq sanalari bir kun oldinga yoki orqaga surilishi mumkin.
Nashrga ko‘ra, so‘nggi yetti yil davomida Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ro‘za bir kunda boshlangan. Jumladan, 2020 yilda 24 aprel, 2021 yilda 13 aprel, 2022 yilda 2 aprel, 2023 yilda 23 mart, 2024 yilda 11 mart, 2025 yilda 1 mart va 2026 yilda 19 fevral kuni ro‘za boshlangan. 2027 yilda ham ikki mamlakatda ro‘za bir kunda boshlanishi mumkin. Biroq Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi yakuniy sana hozircha tasdiqlanmaganini bildirgan.
Live
Barchasi