Dunyoning 50 dan ortiq shahrida o‘zbekistonliklar uchun iftorlik o‘tkazilmoqda

Olam

image

Ramazon oyi munosabati bilan xorijdagi vatandoshlar uchun keng ko‘lamli iftorlik tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda kecha, 25 fevral kuni “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilda iftorliklar 10 ta mamlakat va 50 dan ortiq shaharni qamrab oladi. Tadbirlar chet elda mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan hamda doimiy yashayotgan o‘zbekistonliklarni birlashtirishga qaratilgan.

Iftorliklar Makka va Madina, Seul, Istanbul, Anqara, Qohira, Ummon, Kuala-Lumpur, Vashington, Nyu-York hamda Toronto shaharlarida o‘tkaziladi. Shuningdek, Rossiyaning 20 ta, AQSHning 10 ta shahrida ham tadbirlar rejalashtirilgan. Xususan, AQSHning 6 ta shahrida jami 15 ta iftorlik tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, vatandoshlar homiyligida Dallas, Filadelfiya, Orlando, Vashington, Makka, Novosibirsk, Tomsk va Yekaterinburg shaharlarida qo‘shimcha iftorliklar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbirlar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xorijdagi elchixonalar va konsulliklar orqali, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Ramazon oyi iftorlik Makka va Madina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing