O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 13-14 mart kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda 28 fevral kuni  hukumatning 72-F sonli tegishli farmoyishi qabul qilindi.

Unga ko‘ra, butun O‘zbekistonda Ramazon oyida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida  “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori bilan joriy yilning 13-14 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. 

Hashardan ko‘zlangan maqsad mahallalar, aholi turarjoylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar, qabristonlar va boshqa joylarni obodonlashtirishdan iborat.

Qayd etish joiz, umumxalq xayriya hashari haftaning juma va shanba kunlariga to‘g‘ri kelmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Vazirlar Mahkamasining 2018 yildagi “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror bilan hasharlar Prezidentning tegishli qarori yoki umumxalq hasharini o‘tkazish to‘g‘risidagi hukumat qarori mavjud bo‘lgandagina o‘tkazilishi mumkin.

 Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan hasharlar tashkil etish va o‘tkazish faqat ixtiyoriylik asosida amalga oshirilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Ramazon oyi umumxalq xayriya hashari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing