Diqqat! Ertadan OTMlarga kirish imtihoni boshlanadi

Jamiyat

image

Ertaga, 29 iyuldan O‘zbekistonning barcha hududlarida oliy ta’lim muasssasalariga kirish imtihonlari boshlanadi. 14 avgustda o‘z nihoyasiga yetadigan kunlik sinovlarda 70 ming atrofida abituriyent ishtirok etadi.

Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov bugun, 28 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan brifingda ma’lum qildi. 

Joriy o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga tahsil olish uchun 1 million 66 ming 925 nafar abituriyent ma’lumotlar bazasiga kiritilgan. Ularning 979 ming 436 nafari test sinovida ishtirok etadi. Shundan, kechki ta’lim shakliga 13 ming 821 nafar, sirtqi ta’lim shakliga 335 ming 7 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. 

Davlat test markazi rahbarining qayd etishicha, test sinovlari jarayonida mahalliy hokimliklar, Ichki ishlar, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Sog‘liqni saqlash hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari  bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. 

Joylarda 1 ming 200dan ortiq kuzatuv kameralari ishlab turishi ta’minlanadi hamda abituriyentlarning mobil telefonlardan foydalanmasliklarini oldini olish maqsadida mobil signallarni tutuvchi maxsus apparatlar, inson yuzini sezuvchi hamda barmoqlardan namuna oluvchi elektron moslamalar ishlab turadi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM Davlat test markazi Kirish imtihoni

Baholaganlar

27

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing