Abituriyentlarga birdaniga uchta OTMga hujjat topshirish imkoni berilyapti

Jamiyat

image

Ma’lumki, bundan bir necha kun avval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi. Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsilar agentligida o‘tayotgan matbuot anjumanida Davlat test markazi direktori Majid Karimov abituriyentlarga yaratilayotgan qulayliklar haqida ma’lumot berdi.

Abituriyentlarning o‘qishga kirish imkoniyatini yanada oshirish maqsadida ularga bir vaqtning o‘zida uchta bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash huquqi berilmoqda.

Abituriyentlarga yanada keng imkoniyat – ularga amal qilish muddati uch yil bo‘lgan sertifikat beriladi. Sertifikatdan ular uch yil davomida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun foydalanish mumkin bo‘ladi.

Yaxshi ma’lum, bugungacha O‘zbekistonda abituriyentlar faqat bitta oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirishi mumkin edi. Bu esa mamlakatda oliy ta’limga bo‘lgan ehtiyoj yildan yilga oshishiga, kirish ballarining sun’iy ko‘tarilishi, abituriyentlar o‘rtasida OTM, xususan Davlat test markazi, test sinovlaridagi savollarga ishonchsizlikka sabab bo‘ldi. 

O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyati tobora kamayib ketgani bois ko‘plab yoshlar xorijda o‘zini sinab ko‘rishni ma’qul deb topdi. O‘zbekistonda talaba bo‘lmaganlar bir vaqtning o‘zida xorijning bir necha ko‘zga ko‘ringan oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinganiga ham guvoh bo‘ldik. 

O‘tgan yildan mamlakatda ta’lim tizimini isloh qilish, xususan oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonini soddalashtirish, test sinovlarini ochiq, oshkora va shaffof tarzda tashkil etishga e’tibor qaratildi. Birinchi bor test sinovlari 1-15 avgust kunlari tashkil etildi. Javoblar esa imtihon o‘tgan kunning ertasigayoq e’lon qilindi. Sinovlar pavilonlarda o‘tkazilib, uni katta monitorlarda ota-onalar kuzatib borishi uchun sharoit yaratildi. Bu yil ham bu yo‘nalishda katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Davlat test markazi Kirish imtihoni Majid Karimov

Baholaganlar

136

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing