Rossiya OTMlaridan o‘qishni ko‘chirish muddati uzaytirildi

Jamiyat

image

Rossiya Oliy ta’lim muassalaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilish muddati 10 kunga uzaytirildi. Bu haqda Davlat test markazi ma’lum qildi.

Davlat qabul komissiyasi bayoni bilan Rossiya Federasiyasining Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov, Krasnodar, Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMlarda tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddatlari 10 kunga uzaytirilgan.

Mazkur hududlardagi OTMlardan O‘zbekistondagi davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan O‘zbekiston fuqarolari 30 noyabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ariza berishlari mumkin.

Avvalroq, magistratura bosqichiga qishki qabul chog‘ida xorijiy til bilish darajasidan qat’iy nazar barcha talabgorlar imkoniyatga ega bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Faqatgina ular o‘qishni tamomlaguncha til bo‘yicha talabni bajarishlariga to‘g‘ri keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat test markazi

Baholaganlar

46

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing