Test o‘tkazishning ilmiy asoslarini ishlab chiquvchi markaz tashkil etildi

Jamiyat

−

image

O‘zbekistonda test o‘tkazishning ilmiy asoslarini ishlab chiquvchi markaz tashkil etildi. Yangi markaz Vazirlar Mahkamasining bugun, 17 sentyabrdagi “Test tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan. 

Qarorga muvofiq, Davlat test markazi huzurida “Ilmiy-o‘quv amaliy markazi” davlat muassasasi (Ilmiy markaz) tashkil etilmoqda.

Test materiallarini ishlab chiqish va ularning sifatini aniqlash, testologiya va pedagogik o‘lchovlar sohasidagi ilmiy-tadqiqot natijalarini nashr etish Ilmiy markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

2020 yil 1 noyabrdan DTM boshqaruv xodimlari lavozim maoshlari tarif koeffitsiyentining 1,5 baravari miqdorida qo‘llaniladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

32

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing