O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e’lon qilindi

Jamiyat

image

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 18-19 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi:

  • 1-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
  • 2-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan – jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishi mumkin.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025-2026-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlangandi. Unga ko‘ra, eng yuqori o‘tish ball huquq sohasi uchun belgilangan bo‘lib, u 165 ballni tashkil etadi. Eng past ball esa veterinariya sohasida – 60 ball.


Maqola muallifi

Teglar

test O'qishni ko'chirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing