OTMga kirish uchun hujjat topshirish 15 iyundan boshlanadi

Jamiyat

Joriy yilning 15 iyun kunidan oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjatlar topshirish boshlanadi. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov ma’lum qildi.

Karimov ma’lum qilishicha, hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Hujjatlarni qabul qilish har kuni 24 soat davom etadi.

“Pandemiyani e’tiborga olib bu yil test jarayonida ishtirok etuvchi abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish faqat onlayn tarzda Davlat xizmatlari markazlari, Yagona davlat interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi. Reja bo‘yicha hujjatlar 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinishi belgilangan, bu muddat bekor qilingani yo‘q. Mana shu jarayonda onlayn tarzda ishtirokchilarning ro‘yxatda o‘tishi rejalashtirilgan. Jarayon bir oy, har kuni 24 soat davom etadi. Tizim muntazam ishlaydi va qabul qilish jarayoni to‘xtovsiz davom etadi.

Bu yilgi bitiruvchilar uchun Xalq ta’lim vazirligi topshirig‘i bilan o‘rta ma’lum to‘g‘risidagi hujjatlarni elektron shaklda olish mumkin bo‘ladi. Faqatgina pasport bilan kelinsa biz o‘zimiz tegishli hujjatlarni abituriyentga tegishli ekanini tasdiqlab qo‘yamiz", deydi Majid Karimov.

DTM direktorining ta’kidlashicha, abituriyentlarda onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida bordiyu ma’lumotlarni xato kiritib qo‘ygan bo‘lishsa, xatoni to‘g‘rilash imkoni mavjud.

"Abituriyentlarda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida hujjatlardagi ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritganini, ma’lumotlarni to‘g‘ri to‘ldirganini shaxsiy kabinet orqali tekshirish imkoniyati mavjud. Shuningdek, qandaydir tushunmovchilik yuzaga kelganda aniqlik kiritish va abituriyent bilan bog‘lanish uchun mobil telefon raqamini kiritish kerak va ko‘rsatilgan raqam muntazam ishlab turishi kerak”, deydi Majid Karimov.

Avvalroq, OTMga kirish imtihonlari qachon boshlanishi haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, bu yilgi imtihonlarda 2 ta fandan test topshiriladi. Shuningdek, imtihon jarayonlari 2 smenada emas, balki 3 smenada amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

OTM Davlat test markazi imtihon Majid Karimov Xalq ta'lim vazirligi

Baholaganlar

891

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing