2022/2023 o‘quv yilida qancha abituriyent talaba bo‘lmoqchiligi aytildi

Jamiyat

image

Bugun, 27 iyul kuni soat 18:00 holatiga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatida o‘qish istagida bo‘lgan 1 186 343 nafar abituriyent my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan. Bu haqda Davlat test markazi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning:

•  392 789 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
•  793 554 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari hisoblanadi.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

•  Kunduzgi ta’lim shakli — 604 156 nafar;
•  Sirtqi ta’lim shakli — 547 435 nafar;
•  Kechki ta’lim shakli — 26 796 nafar;
•  Masofaviy ta’lim shakli — 7 956 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

•  Qashqadaryo viloyati — 137 296 nafar;
•  Samarqand viloyati — 130 400 nafar;
•  Toshkent viloyati — 113 721 nafar;
•  Farg‘ona viloyati — 107 766 nafar;
•  Surxondaryo viloyati — 103 369 nafar;
•  Andijon viloyati — 77 737 nafar;
•  Namangan viloyati — 75 786 nafar.
•  Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 74 711 nafar;
•  Jizzax viloyati — 72 088 nafar;
•  Toshkent shahri — 67 152 nafar;
•  Buxoro viloyati — 66 341 nafar;
•  Xorazm viloyati — 62 789 nafar;
•  Navoiy viloyati — 53 032 nafar;
•  Sirdaryo viloyati — 44 154 nafar.

Ma’lumot uchun, bugun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Abiturientlar Davlat test markazi

Baholaganlar

606

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing