Test sinovlari uchun abituriyentlarga 2 soat vaqt beriladi
Jamiyat
−
08 avgust 2020 18468 1 daqiqa
Oliy ta’lim muassasiga kirish imtihonlari 2 smenada ertalab va kunning ikkinchi yarmida o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Test sinovlari uchun abituriyentlarga 2 soat vaqt beriladi. Ertalabki smenalar soat 8:00 da boshlanib, 10:00 da tugaydi, kechki smenalar esa soat 17:00 da boshlanib, 19:00 da yakunlanadi.
Abituriyentlarga bir martalik himoya vositalariga qo‘shimcha ravishda kepkalar ham tarqatiladi.
Abituriyentlar 2 ta fandan jami 60 ta test savoliga javob topadi.
Ma’lumot uchun, OTMga kirish imtihonlari 2 sentyabr kuni boshlanadi va 14 kun davom etadi. Koronavirusga chalingan abituriyentlar sog‘aygani haqida ma’lumotnoma ko‘rsatmasa imtihonga kiritilmaydi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr