Tesla 24 ming dollarlik yangi elektromobili uchun zavod qurmoqchi

Texnologiya

image

Tesla vakillari Hindiston savdo vaziri bilan uchrashib, 24 ming dollarlik yangi avtomobil ishlab chiqarish uchun zavod qurish rejalarini muhokama qilmoqchi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Tesla Hindistonda mahalliy bozor va eksport uchun arzon elektromobillari ishlab chiqaradigan zavod qurishdan manfaatdor ekanini bildirdi. 

May oyida Tesla rahbarlari Hindistonga tashrif buyurib, mamlakatda avtomobillar va akkumulyatorlar ishlab chiqarish bazasini tashkil etish bo‘yicha rasmiylar bilan muzokaralar o‘tkazgan. Iyun oyida esa Ilon Mask Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashganda mamlakatga katta sarmoya kiritish niyatida ekanini aytgan. 

Muzokaralar shu oyda yopiq holda davom etishi rejalashtirilgan. Ushbu rejalar doirasida Tesla vakillari Hindiston savdo vaziri Piyush Goyyal bilan uchrashmoqchi. Ushbu uchrashuvda elektromobillar ta’minot tarmog‘ini o‘rnatish va zavod uchun yer ajratish masalalari ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, yangi zavod Tesla`ning qiymati 24 ming AQSH dollariga teng mashinalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.

Eslatib o‘tamiz, Tesla to‘rt yillik kechikishdan so‘ng birinchi Cybertruck avtomobilini taqdim etdi.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tesla

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing