Toshkentda Tesla’ni 214 km tezlikda boshqargan haydovchi ushlandi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Tesla mashinasining haydovchisi 214 km soat tezlikda harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan poytaxt Yo‘l harakati xavfsizlgi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, ayrim markaziy ko‘chalarda avtomobil tezligi 200 km/soatdan oshib ketgan.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruv ishlari davomida haydovchining shaxsi aniqlangan. Qoidabuzar YHXBga chaqirilib, unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Biroq idora haydovchiga qanday jazo qo‘llanganiga aniqlik kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, 22 may kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida Nexia-3 mashinasi yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib ketgandi. YTH oqibatida Nexia-3 transport vositasi yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Transport vositasi haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Tesla

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing