Tesla bolalar uchun $225 qiymatli muvozanat velosipedi chiqardi
Texnologiya
−
18 iyul 3553 1 daqiqa
Tesla kompaniyasi bolalar uchun Balance Bike for Kids muvozanat velosipedi (begovel)ni taqdim etdi. Yangi mahsulot allaqachon Tesla Shop onlayn do‘konida sotuvga chiqarilgan. Bu haqda “Electrek” xabar berdi.
Begovel – pedal va uzatma mexanizmiga ega bo‘lmagan velosiped bo‘lib, bola uni oyoqlari bilan yerdan turtib harakatlantiradi. Mutaxassislar fikricha, bu oddiy velosipedga o‘tishdan oldin muvozanatni saqlash ko‘nikmasini rivojlantirishga yordam beradi.
Model yengil magniy ramka, besh xil balandlikka sozlanadigan o‘rindiq, yon tomonida Tesla yozuvi va old qismida kompaniyaning “T” logotipi bilan jihozlangan.
Ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, velosiped bolaning oyog‘i uzunligi kamida 35 santimetr bo‘lishi, vazni esa 35 kilogrammdan oshmasligi uchun mo‘ljallangan. Yig‘ish uchun esa kerakli asboblar to‘plamga kiritilgan. Kompaniyaga ko‘ra, muvozanat velosipedi 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla kompaniyasi talabning pasayishi va raqobatchilarning bosim o‘tkazishi fonida Yevropa bozori uchun Model 3 elektromobilining arzonlashtirilgan versiyasini taqdim etgandi.
Live
Barchasi